Davlat Ramzlari

O'zbekiston Respublikasi Davlat Bayrog'i

DAVLAT BAYROG‘I

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i to‘g‘risida"gi qonun 1991 yil 18 noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari o‘tkazilgan VII sessiyasida qabul qilingan.

Davlat bayrog‘i va uning ramzi bugungi O‘zbekiston sarhadida qadimda mavjud bo‘lgan davlatlar bilan tarixan bog‘liqligini anglatadi hamda respublikaning milliy-madaniy an’analarini o‘zida mujassamlashtiradi.

O'zbekiston Respublikasi Davlat Gerbi

Gerb

DAVLAT GERBI

"O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to‘g‘risida"gi Qonun 1992 yil 2 iyulda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining X sessiyasida qabul qilingan.

O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi gullagan vodiy uzra charaqlab turgan quyosh tasviridan hamda so‘l tomonida bug‘doy boshoqlari, o‘ng tomonida ochilgan paxta chanoqlari suvrati tushirilgan chambardan iborat.

O'zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi

DAVLAT MADHIYASI

"O‘zbekiston Respublikasi Davlat gimni to‘g‘risida"gi Qonun 1992 yil 10 dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XI Sessiyasida qabul qilingan.

Davlat madhiyasining so‘zi O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov qalamiga mansub, musiqasini esa bastakor Mutal (Mutavakkil) Burhonov yozgan.

Abdulla Oripov so‘zi, Mutal Burhonov musiqasi